<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Oʻzligingni bilsang sen Q205</title>
<lyrics>[V1]
 // Oʻzligingni bilsang sen yolgʻonlarga ishonma, //
 Doʻst qadrini bilsang sen,dushmanlarga ishonma.
 Senga doʻst boʻlmoq uchun,faqat seni eshitgay,
 // Oʻzligini bildirmay ketganlarga ishonma. //

[V2]
 Oʻz soʻzini maʼqullab oʻzgalarga qayrilgan,
 Mardman deya kerilgan nomardlarga ishonma.
 Faqat oʻzin oʻylagan,dardsiz boʻlib tugʻilgan,
 Oʻzi uchun yaralgan bedardlarga ishonma.
 // Qobil dedi yomonni,yaxshisiga oshno boʻl, //
 // Yaxshilikni bekitgan yomonlarga ishonma. //
 Yolgʻonlarga ishonma,bedardlarga ishonma.</lyrics>
<hymn_number>205</hymn_number>
</song>